Loading...

Umra qanday ibodat va Hajdan qaysi jihatlari bilan farqlanadi?

Umra – Qur’oni Karimda Haj bilan birga zikr etilgan ibodat bo‘lib, uni umr davomida eng kamiga bir marta ado etish sunnati muakkada sanaladi. “Umra” so‘zi “Ziyorat va obodlik” degan ma’nolarni anglatadi.

Qur’onda shunday marhamat qilinadi: “Alloh uchun haj va umrani tugal ado eting”. Alloh taolo musulmonlarga Haj va Umraning shartlarini to‘kis ado etishni, ibodat vaqtida zohiriy va botiniy nuqsonlarga yo‘l qo‘ymaslikni buyuradi.

Umra Haj ibodatidan farqli ravishda farz hisoblanmaydi. Payg‘ambarimiz (s.a.v) Umra ziyorati uni Alloh rizoligi uchun ado etgan bandalarning gunohlariga kafforat bo‘lishini aytib o‘tganlar.

Umra ibodatida quyidagi amallar bajariladi:

– Ehrom bog‘lanadi;

– Ka’bani tavof qilinadi;

– Safo va Marva orasida sa’yi qilinadi;

– Soch qisqartiriladi yoki to‘liq oldiriladi.

Umra ziyorati qachon amalga oshiriladi?

Umra ziyoratini yilning istalgan vaqtida amalga oshirish mumkin, uning uchun aynan biror bir vaqt belgilanmagan. Faqatgina arafa, iydu qurbon va undan keyingi uch kunda Umra qilish makruhi tahrimiy bo‘ladi. Boisi, bu kunlarda Haj arkonlari ado etiladi.

Umra uchun eng yaxshi vaqt – Ramazon oyi sanaladi. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Ramazon oyida ado etilgan Umra haqida shunday marhamat qilganlar: “Ramazondagi Umra men bilan qilingan Hajga teng keladi” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).

Umraning Hajdan qanday farqli jihatlari mavjud?

1. Haj – farz amal, Umra esa sunnati muakkadadir; 2. Umrani ado etish uchun ma’lum vaqt belgilanmagan; 3. Umrada Arafotda vuquf qilinmaydi; 4. Umrada Muzdalifada turish yo‘q; 5. Umrada shaytonga tosh otilmaydi; 6. Umrada ikki vaqt namozini jam’ qilish ham yo‘q; 7. Umrada qudum (tashrif) tavofi qilinmaydi; 8. Umrada vido tavofi amalga oshirilmaydi.

Umra – fazilatlari ulug‘ ibodat bo‘lib, uni amalga oshirayotgan ziyoratchilar Allohning mehmonlari hisoblanadi.

“Ummalife” muborak safarda sizga ishonchli hamroh bo‘la oladi va ziyoratchilarning qulayligi uchun kerakli barcha sharoitlarni ta’minlaydi. Maqbul narxlar va xizmat ko‘rsatish sifatidan mamnun bo‘lishingizga ishonamiz!

Qiziqtirgan savolingizni yozib qoldiring